Xavi Vinisiusni to‘xtatish yo‘lini topdi

  • 27 oktabr, 2023, 21:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionati doirasida "Real"ga qarshi uy uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Real"ning o‘yin uslubi o‘tgan yilga nisbatan o‘zgardi. Vinisius va Rodrigo himoyachilardan juda oson o‘tishmoqda. Bu biz e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan asosiy narsalardan biridir.

Vinisiusni to‘xtatish uchun bizda Kanselu bor. Bu pozitsiyada bizda bir nechta variantlar bor.

Bu o‘yin biz uchun katta ahamiyatga ega. G‘alaba bizga ruhiy kuch va ishonch bag‘ishlaydi va biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibimizdan o‘zib ketamiz”, - dedi Xavi jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" – "Real" uchrashuvi 28 oktyabr kuni soat 19:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!