Xavi zo‘r futbolchi uchun Dembeledan voz kechdi

  • 09.07.2022 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi erkin agentga aylangan va klub bilan muzokarani davom ettirayotgan Usmon Dembeledan voz kechib, bor e’tiborini “Lids” vakili Rafinya Diasga qaratishga qaror qildi.

Avvalroq, klub rahbariyati bu ikki o‘yinchini birga o‘ynatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayotgan edi. Endi vaziyat o‘zgargani aytilmoqda. Xavi bor e’tiborini Angliyadagi braziliyalik o‘yinchiga qaratdi.

Yaqinda “Lids” rahbariyati “Barselona” Rafinya transferi bo‘yicha taklifni cho‘zib yuborganiga e’tiroz qilgandi. Bu klub kataloniyaliklardan tez orada yangi taklif kelmasa, o‘yinchiga xaridor bo‘layotgan boshqa jamoalar bilan muzokara boshlashini ta’kidlagan.

Rafinya o‘tgan mavsumda Angliya premer-ligasida 35 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 11 ta to‘p kiritdi va uchta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!