Hedira: "Habining tizimi Vinisiusni ancha cheklab qo'ydi"

  • 25.02.2026 13:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid"ning sobiq oʻyinchisi Sami Xedira jamoaning sobiq murabbiyi Xabi Alonso va Vinisius Zunior oʻrtasidagi kelishmovchilik sababini tushuntirdi. Ispaniyalik murabbiy yanvar oyida, tayinlanganidan atigi olti oy oʻtgach, ishdan boʻshatilgan edi.

"Karlo Anchelotti "Real"da boʻlganda, Vini "Oltin toʻp"ga yaqin edi va bu mukofotga toʻliq loyiq edi. Xabining tizimi uni ancha cheklab qoʻydi, chunki Alonso jamoaviy tuzilmani individual oʻyinchilardan ustun qoʻyishga odatlangan edi. Arbeloa bilan Vinisius yana erkinlikka ega boʻldi - va biz bu unga qanday taʼsir qilayotganini allaqachon koʻrib turibmiz", - deya Xediraning soʻzlarini keltiradi "Madrid Zone".

Eslatib oʻtamiz, Vinisius Zunior "qaymoqranglilar" safidagi soʻnggi toʻrtta oʻyinida beshta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!