Xese yana PSJga qaytadigan bo‘ldi

  • 02.05.2019 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumni "Betis" safida ijarada o‘tkazayotgan PSJ yarim himoyachisi Xese Rodriges yana Parijga qaytadi.

Ispan nashrlarining yozishicha sevilyaliklar 26 yoshli futbolchining transfer huquqini sotib olishni xohlashmagan.

Ma’lumot uchun, “Betis” Xeseni qishki transferlar davrida ijaraga olgan edi. U o‘tgan davr ichidi La Liga klubi safida jami 15ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Xeseni 2016 yil “Real”dan 25 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!