"Xetafe" murabbiyi: "Vinisius yuzini ushlab, voqeani ortiqcha bo‘rttirdi"

  • 20 oktabr, 13:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Xetafe" bosh murabbiyi Pepe Bordalas "Real"ga qarshi (0:1) o‘yinda Allan Nomning maydondan haydalishiga munosabat bildirdi.

Tecno

Kechagi uchrashuvning 77-daqiqasida Nom Vinisius bilan to‘qnash kelib, qo‘lini cho‘zgan holda uning yuziga tegdi. Braziliyalik futbolchi erga yiqildi va hakam Xose Munuera Montero darhol qizil kartochka ko‘rsatdi — holatni videotakror orqali ko‘rib chiqmadi.

"Men zaxira hakami asosiy hakamga qizil kartochka berish kerakligini aytganini eshitdim. U juda yaqinda turardi.

Biz bu jazo ortiqcha deb hisoblaymiz. Bu jiddiy fol, ammo sariq kartochka bilan cheklanish mumkin edi. Vinisius yuzini ushlab, voqeani ortiqcha bo‘rttirdi, natijada Nom adolatciz tarzda maydondan chetlatildi", — dedi Bordalas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!