
"Xetafe" prezidenti Evropa ligasi qachon davom ettirilishini aytdi
“Xetafe” klubi prezidenti Anxel Torres UEFA Evropa ligasi qachon boshlanishi haqida gapirdi. Aytish kerakki, musobaqa 1/8 final bosqichiga kelib to‘xtatib qo‘yilgan edi. “Xetafe” bu bosqichda “Inter”ga qarshi bahs olib boradi.
“UEFA bizga Evropa ligasi pley-off o‘yinlari aniq o‘tkazilishini aytdi. Birinchi o‘yin ikkinchi yoki uchinchi avgust kuni Milanda muxlislarsiz o‘tkaziladi. Javob o‘yini esa oltinchi yoki ettinchi avgust kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi. Agar koronavirus tufayli jamoalar o‘z maydonlarida o‘ynay olishmasa, uchrashuvlar neytral stadionlarda o‘tkaziladi”, - deydi Torres.
Fikrlar