
Xill: "Hech kim senning janglaringni ko‘rishga qiziqmaydi !!!"
Yarim og‘ir vaznda (93 kg) sobiq UFC chempioni amerikalik Jamal Xill(12-1-1 N/C) rossiyalik Magomed Ankalaev(12-1-1-1 N/C)ga murojaat qildi.
“Hech kim sening janglaringni tomosha qilishdan manfaatdor emas, hech kim sening janglaring uchun PPV to‘lamoqchi emas. Shunchaki shov-shuvga kelsak, kafolat beramanki, ko‘pchilik seni emas, mening jangimni ko‘rishni xohlaydi. Men oxirgi janglarimda raqiblarimdan ustunlik qildim va jangni g‘alaba bilan yakunladim. Men sobiq chempionman. Senda ham xuddi shunday imkoniyat bor edi, lekin sen bunga erisha olmading. Bu sen uchun emas ekan. Men esa har safar oktagonga qadam qo‘yganimda, kimligim va nima uchun chempion bo‘lishga loyiqligimni ko‘rsataman», — deb Xillning so‘zlarini keltirmoqda MMA News.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida "UFC Fight Night 234" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Ankalaev braziliyalik Jonni Uokerni ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Fikrlar