
Xitoy - Tailand 0:1 (video)
Bugun "China Cup" turniridan o‘rin olgan Xitoy hamda Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Guansi Sport Markazi"da kechgan uchrashuvda tailandliklar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 33-daqiqada Chanatip Songkrasin tomonidan kiritildi.
Shu tariqa Tailand terma jamoasi finalga yo‘l oldi. Ular ertaga Urugvay - O‘zbekiston o‘yini g‘olibiga qarshi bahs olib borishadi. Xitoy esa mazkur qarama-qarshilikda engilgan jamoa bilan 3-o‘rin uchun kurash olib boradi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar