Xoakin Sanches "Betis"da rekord o‘rnatdi

"Betis" yarim himoyachisi Xoakin Sanches La Liganing 5-turidan o‘rin olgan "Osasuna"ga qarshi bahsda 23 daqiqa maydonda to‘p surdi.

Ushbu bahs Xoakin Sanches uchun Ispaniya chempionatidagi 308-uchrashuv bo‘ldi. Ushbu natija bilan Xoakin Sanches klub rekordini o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, Sanches 1999 yildan 2006 yilgacha "Betis"da faoliyat olib borgan va 2015 yildan boshlab yana ushbu klubda to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!