Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

  • 20 aprel, 2020, 10:27
  • 0
  • Xokkey
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, Toshkentning "Humo" klubi 2020-2021 yilgi mavsum Oliy xokkey ligasida, "Humo-2" jamoasi esa koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Qozog‘iston ochiq chempionatida ishtirok etmasligini e’lon qilgan edi.

Ushbu yangilikdan so‘ng ko‘plab muxlislarda savollar paydo bo‘lgan edi. O‘zbekiston xokkey federatsiyasi (O‘XF) Bosh kotibi Shukurullo Karimov "MOQ xabarlari" informatsion-ko‘ngilochar dasturida ushbu savollarga javob qaytardi.

"Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hozirgi vaziyat izga tushib, tadbirlar o‘tkazishga ruxsat berilsa, albatta bo‘lib o‘tadi", - dedi Shukurullo Karimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!