Xoland Angliyaga qadam bosmaydi, chunki...
“Borussiya” hujumchisi Erling Xolandga xaridorlar orasida Angliya premer-ligasining bir necha klubi bor. Xususan, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi” norvegiyalik to‘purar uchun katta xarajat qilishga tayyor.
Italiyalik jurnalist-insayder Janluka Di Martsioning ta’kidlashicha, bu jamoalarning birortasi Xolandni Angliyaga kelishga ko‘ndira olmaydi.
Manbaning aytishicha, 21 yoshli futbolchiga Angliya premer-ligasi yoqmaydi.
- Xolandga Angliya premer-ligasi yoqmaydi va uning orzusi bu emas. Erling Ispaniya chempionatini xush ko‘radi va La Ligani o‘zi uchun ideal variant, deb biladi, - dedi Janluka Di Martsio.
Xoland “Borussiya” kelganidan beri dortmundliklar safida 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 76 ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning transferini amalga oshirmoqchi bo‘lgan klub kamida 150 million evrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar