Xoland boshqa jamoaga o‘tishni orzu qilmoqda
Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumida to‘purarlik bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatgan Erling Xoland “Manchester Siti”da uzoq qolmaydigan ko‘rinadi.
Bir necha manbalarda aytilishicha, norvegiyalik to‘purar yaqin kelajakda “Real” safiga ko‘chib o‘tish fikridan qaytgani yo‘q.
Aslida Erling Xolandda “Manchester Siti”ga o‘tishdan oldin “Real”ni tanlash imkoni bor edi. Biroq, o‘tgan yili madridliklar Kilian Mbappe transferi uchun kurashdi. Xoland hujum chizig‘ida yagona etakchi bo‘lish ilinjida Mbappe o‘tishi mumkin bo‘lgan “Real”dan qochib, Manchesterga kelgandi.
Oxir-oqibat “Real” ikkala hujumchidan ham quruq qoldi.
“Real” rejasida 2024 yili Xolandni transfer qilish masalasi ham bor. “Manchester Siti” esa, o‘z to‘purarini uzoqroq muddat olib qolish uchun unga yangi shartnoma taklif qilib, undan transfer bo‘yicha bandni olib tashlamoqchi.

Fikrlar