Xoland bo‘yicha muhim qaror

  • 02.05.2023 23:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumidayoq to‘purarlik bo‘yicha qator rekordlarni yangilayotgan Erling Xolandni uzoqroq muddat olib qolmoqchi.

Aslida norvegiyalik hujumchining shartnomasi 2027 yilning yozigacha imzolangan. Goal.com saytining yozishicha, mutasaddilar 22 yoshli futbolchi vakillarini yangi muzokaralarga chorlayapti.

Ular shartnomani yangilab, Xolandni jamoaga mustahkamroq bog‘lab qo‘ymoqchi.

“Shaharliklar”ning harakatga tushib qolgani bejiz emas. “Real” kelasi yili yozda Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Xolandning otasi hujumchi Angliya Premer-ligasida ham uzoq qolmoqchi emasligini va faoliyati davomida kuchli beshlik chempionatlarila o‘ynab chiqmoqchi ekanini ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!