Xoland Donnarummani yuqori kayfiyat bilan kutib oldi

  • 6 sentabr, 23:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoaga yangi qo‘shilgan Janluiji Donnarummaga murojaat qildi.

Tecno

"Xush kelibsan, Jidji!" — deb yozdi norvegiyalik forvard o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida. Xoland ushbu xabarga Donnarumma bilan birgalikdagi suratini ham ilova qildi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida Donnarumma PSJdan "Manchester Siti"ga o‘tdi. Italiyalik darvozabon parijliklar safida 2021 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

"Shaharliklar" o‘zining navbatdagi bahsini 14 sentyabrda o‘tkazadi. Angliya Premer-ligasi 4-tur doirasida Gvardiola shogirdlari "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!