Xoland uchun asosiy da’vogar kim?

  • 16 mart, 2021, 11:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandni qo‘lga kiritish uchun jiddiy kurashmoqchi.

Manchester Evening News nashrining ma’lum qilishicha, 20 yoshli norvegiyalik futbolchi uchun kurashda aynan MYu favorit sifatida tilga olinmoqda. Ushbu transferda Xolandning vatandoshi hisoblangan MYu bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher asosiy rolni o‘ynashi aytilmoqda.

Erling “qizil iblislar”dan haftasiga 407 ming evro maosh talab qilmoqda. Uning transferi esa 110 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!