Xoland Xusanovdan hayratga tushdi
“Manchester Siti” hujumchisi va eng zo‘r to‘purari Erling Holand jamoaning markaziy himoyachisi Abduqodir Xusanovga bo‘lgan hayratini yashirmay, o‘zbek futbolchisi haqida iliq fikrlarini bildirdi.
22 yoshli Xusanov “Manchester Siti”dagi birinchi to‘liq mavsumini juda ishonchli va yuqori darajada o‘tkazmoqda.
O‘tgan hafta oxirida “Chelsi” ustidan safarda 3:0 hisobidagi g‘alabada o‘zbek futbolchisining ham hissasi katta bo‘ldi.
O‘sha o‘yin yakunlangandan so‘ng “Stemford Brij”da Holand Xusanovni mehmonlar sektori tomonga olib bordi va g‘alabani muxlislar bilan nishonlashga undadi, shunda 22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi o‘z ulushiga to‘g‘ri kelgan olqishlarni qabul qilib oldi.
Angliya ligasi kubogi finalida ham Erling Holand bir necha bor Xusanovga kubokni ko‘targan holda muxlislarga yuzlanishga undagan edi.
Holand Xusanovdan atigi uch yosh katta, ammo u o‘zini jamoadoshiga g‘amxo‘rlik qilishni yaxshi ko‘radi, Abduqodir Manchestergа kelganidan beri norvegiyalik yulduz uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Erling Abduqodirning Premier-ligaga qanday moslashganidan ta’sirlanganini ma’lum qildi.
- Men Xusanov bilan bo‘lgan holatni eslayman, chunki Abduqodir bizning jamoada ajratlanarli va ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Unga oson bo‘lmadi, u yangi mamlakatga keldi, tilni bilmasdi. Bu barcha jihatdan qiyin edi.
Abduqodir katta bosim ostida qoldi, Premier-ligadagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi va hokazo.
Men gapirayotganda o‘zimni 35 yoshdagidek tutibman, ammo yo‘q, men 25 yoshdaman. Menda katta tajriba bor, ko‘p futbol o‘ynayman, shuning uchun turli vaziyatlardan yaxshi xabardorman.
Men uchun boshqalarga yordam berish muhim, chunki ular o‘zlarini qanday his qilishini bilaman va ba’zida bu biroz qiyin bo‘lishi mumkin. Ularni o‘zlarini qulay his qilishlari uchun harakat qilish muhim, - dedi Holand Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Xusanov 2025 yilning 20 yanvar kuni Fransiyaning “Lans” klubidan 40 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga transfer qilingan edi. Joriy mavsum o‘zbek futbolchisi “shaharliklar” tarkibida asosiy figuralardan biriga aylandi.
Xusanov jamoasi bilan ilk sovrini – Angliya ligasi kubogi qo‘lga kiritdi, yanvar va mart oylarida “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.
Fikrlar