Xoland: Yangi jamoada uch yil o‘ynayman!
“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland uchun kurashayotgan jamoalar, xususan, “Manchester Siti” va “Real” norvegiyalik o‘yinchi uchun uzoq muddatli shartnomalar taklif qilmoqda.
Biroq, ma’lumotlarga qaraganda, Xolandning o‘zi boradigan jamoasida faqatgina uch yil faoliyat ko‘rsatmoqchi va shu muddatga shartnoma so‘rayapti.
Mutaxassislar Xolandning nega bunaqa deyotganiga javob topdi. Agar Erling uch yillik shartnoma tuzsa, bir yarim mavsumdan keyin klub rahbariyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, klub xo‘jayinlari futbolchining talabini qabul qilish, uni sotib yuborish yoki shartnoma tugashigacha kutish kabi uchta variantdan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar