Xoland yozda hech qaerga ketmaydi!

  • 15.05.2021 01:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” Dortmund bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske yana bir bor norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Erling keyingi mavsumda ham bizning klubda o‘ynashiga ishonaman. Unga "Barcelona" va "Real" qiziqyapti? O‘ylaymanki, ular bizning pozitsiyamiz bilan tanish.

Men xotirjamman. Sanchoni ham "Borussiya"da qolishiga hech kim ishonmagan edi, ammo baribir u bizda o‘ynadi. Biz futbolchilarimizning shartnomalari bilan tanishmiz, shuning uchun xavotirlanmaymiz”, - dedi Vatske.

20 yoshli Xoland joriy mavsum Bundesligada jami 26 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 25 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!