
Xolandning otasi Erlingning keyingi jamoasi nomini aytdi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland “Real” nishonidagi futbolchilardan hisoblanadi. Madridliklar PSJ forvardi Kilian Mbappening transferi o‘xshamagan taqdirda norvegiyalik o‘yinchini olish harakatlarini boshlaydi.
Erlingni otasi Alf-Inge Xoland o‘g‘lining “Real”ga o‘tishi haqidagi savolga javob qaytardi.
- Erling “Real”da o‘ynay oladimi? Albatta. O‘g‘lim dunyoning har qanday jamoasida o‘ynashga qodir, - dedi Alf-Inge Xoland.
“Manchester Siti” Erling Xolandni 2022 yili transfer qilgan edi. 23 yoshli to‘purarning otasi o‘shandayoq o‘g‘li top ligalarning barchasida o‘ynashi kerakligini ta’kidlagan.
Fikrlar