"Xorazm" Superliga klubini mag‘lub etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkent shahrida tayyorgarlik jarayonlarini olib borayotgan "Xorazm" futbol klubi yig‘in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvida ishtirok etdi. Pro-liga jamoasi Superliga ishtirokchisi Termizning "Surxon" klubi ustidan g‘alaba qozondi - 2:1.

Bellashuvda xorazmliklarning gollariga Otajon Niyozmetov va Shahzod Beshimov (penalti) mualliflik qildi. Termiz klubining yagona goli Nuriddin Xasanov nomiga qayd etildi. 

"Surxon" bundan oldingi o‘rtoqlik o‘yinida "Metallurg"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!