Xosep Gvardiola: "Barchasi uchun kattakon rahmat"

  • 01.03.2026 16:37
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola jamoasining oʻyinlar jadvalidan norozilik bildirdi. 

Gap shundaki, kecha "shaharliklar" APLning 28-turida "Lids"ga qarshi maydonga tushdi. Chorshanba kuni esa "Nottingem Forest"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Oradan 4 kun oʻtib, Angliya kubogi doirasida "Nyukasl"ga qarshi oʻynashlari kerak. 11 mart kuni esa Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida Madridda "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Bu tiĝiz taqvimga javoban Gvardiola quyidagicha fikr bildirdi.

"Angliya kubogidagi "Nyukasl"ga qarshi oʻyinimiz 15:00ga emas, 20:00ga belgilaganilar uchun katta rahmat. Shunday qilib, Madridga ketishimizdan oldin bizga tiklanish uchun yanada kamroq vaqt qoladi. Barchasi uchun kattakon rahmat", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Maʼlumot uchun, "Real"ga qarshi javob uchrashuvi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!