Xulian Al’vares "Real" va "Barselona" orasida tanlov qildi

  • 09.06.2026 20:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa transfer bozorida navbatdagi shov-shuvli mavzu – "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares atrofida davom etmoqda. Avvalroq Ispaniya matbuoti "Real" forvardni "Barselona" qo‘lidan tortib olish niyatida ekanini xabar qilgandi. Manbalarga ko‘ra, madridliklar 150 million yevro to‘lashga tayyor, bu esa "Barselona" taklif etgan summadan 50 million yevro ko‘p.

Shu fonda insayder Janluidji Longari futbolchining shaxsiy pozitsiyasini ochiqlandi. Uning ma’lumot berishicha, boshqa klublardan jiddiy qiziqish bo‘lishiga qaramay, Alvares uchun hozircha eng ustuvor variant – aynan "Barselona"ga o‘tish bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" Xulian Alvaresni yaqinda "Manchester Siti"dan sotib olgan edi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu transfer 75 million yevro evaziga amalga oshirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!