Xulian Al’vares "Atletiko"ni tark etadi
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Julian Alvares jamoani tark etishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, madridliklar forvardi jamoa tark etishi mumkin. Argentinalik futbolchining "matraschilar"dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Avvalroq, futbolchiga bir qator top klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchi 2024 yilda "Manchester Siti" dan 75 million yevro evaziga "Atletiko" safiga kelib qo‘shilgan edi. Hujumchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 100 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, Alvares joriy mavsumda 27ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar