
Xurshidbek Normatovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Raqib jiddiy...
Profescional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69 kg) faoliyatini olib borayotgan Xurshidbek Normatov (10-0, 3 KO) 20 yanvarda "Show Time" kanali orqali translatsiya qilinadigan boks oqshomining markaziy jangida ringga ko‘tariladi. Ushbu jangda Normatovga engilmas bokschi puerto-rikolik Patrik Kora ( 10-0, 7 KO) raqiblik qiladi. "DiBella Entertainment", "Salita Promotions", " Sampson Boxing" kabi promouterlik kompaniyalari hamkorlikda tashkil etilayotgan jang kechasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Konnektikut shahridagi "Mohegan Sun" arenasida bo‘lib o‘tadi.
21 yoshli Kora 2020 yilda pandemiya sabab jang o‘tkazgani yo‘q. 2019 yilning dekabr oyidagi so‘nggi jangida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Jeronimo Sakkoni 4-raundda nokautga uchratgan edi.
28 yoshli Normatov Andijon viloyatida tug‘ilgan va hozirda Bruklin shahrida o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Normatov 2020 yil yanvar oyida Kanadada bo‘lgan 10-jangida Uriel Ernandes ustidan ochkolar hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar