Xushxabar! Farg‘onadagi "Istiqlol" o‘yingohida ta’mirlash ishlari yakunlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ta’mirlash ishlari yakunlangan Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘ldi. Xalqaro talablarga mos sport arenasiga aylanayotgan o‘yingohda yakuniy sinov jarayonlari amalga oshirilmoqda.

2022 yilning yanvar oyidan buyon amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari doirasida asosiy futbol maydoni ostida joylashgan drenaj tizimi to‘liq yangilanib, futbol maydonini sug‘orish uchun Evropa standartlariga mos keladigan avtomatlashtirilgan qurilmalar o‘rnatildi. Maydonda xorijdan 4 faslga moslashgan 2 xil turdagi “Turfline E” hamda “Genta” maysa urug‘lari olib kelib ekilib, ayni kunda yam-yashil unib chiqqan chimlarni ko‘rish mumkin. Ularni parvarishlash uchun xorijdan yangi zamonaviy maxsus texnika vositalari olib kelingan.

Futbol maydoni atrofida joylashgan yugurish yo‘lakchalari ham qayta ta’mirlandi. Umumiy binolarni ham ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, futbol maydonini yoritish tizimi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga mos keladigan 1800 lyuks quvvatga ega bo‘ldi.

 

Manba: "Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Локо
25/09/2022 10:46
Энди Тошкентдан келадиган "ақиллий" текширувчилар яна нима бахона қилар экан?? Ўзимизни ўйингохда хам Нефтчи иштирокидаги футболларни кўрайлик...