Xushxabar! "Nasaf" o‘yiniga muxlislar kiritiladi!

  • 21.09.2021 20:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Ertaga "Nasaf" klubi OFK Kubogi doirasida navbatdagi o‘yinni o‘tkazadi. Quvonarlisi, bu bahsda muxlislar maydonga tushishi mumkin.

Bu haqda Diyor Imomxo‘jaev ma’lum qildi:

"Nasaf" — "Mohun Bagan" uchrashuvi muxlislar qarshisida o‘tishiga OFK rasman ruxsat berdi. Ertangi uchrashuvda barcha futbol muxlislarini Markaziy stadionda kutamiz.

P.S. Futbol uchrashuvlari vaqtida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Zero "Nasaf" mazkur bosqichdan o‘tib olsa, keyingi uchrashuvni ham Qarshida qabul qiladi va navbatdagi raqib Gonkong jamoasi bo‘ladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!