Xushxabar: Shomurodovning kelajagi hal bo‘ldi!

  • 9 aprel, 21:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodovning klub miqyosidagi ishlari yurishib qoldi. 29 yoshli forvardimiz bosh murabbiy Klaudio Raneri qo‘l ostida “Roma”ga natija keltirayotgani asosiy o‘yinchilardan biriga aylandi.

Tecno

Ayniqsa, Shomurodovning 2025 yilda A Seriya va xalqaro miqyosdagi musobaqalardagi o‘yinlari, natijalari va ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga o‘zgarayotgani quvonarli.

Klaudio Raneri ham o‘zbek futbolchisi aslida har bir uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishga munosib ekani, uchrashuvlarda mehnatkashligi bilan ajralib turishi va jamoaviy o‘yini orqali natija keltirayotganini keyingi paytda juda ko‘p bora ta’kidlamoqda.

Bu mavaffaqiyatlar ortidan “Roma” klubi Eldor Shomurodovning amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.

Bir necha nufuzli manbalarning ma’lum qilishicha, o‘zbek futbolchisining 2026 yilning 30 iyunigacha imzolangan shartnomasi yana bir yilga cho‘zildi.

Klub yaqinda Nikolo Pizilli va Leandro Paredes bilan yangi shartnomani rasmiylashtirganidan keyin Eldor Shomurodov bilan ham hamkorlikni yangi talablar asosida  mustahkamlab qo‘ydi. Yangi bitimga ko‘ra, hujumchining maoshi avvalgisidan pasaytiriladi. Bu klubning maoshlar fondini qisqartirish va moliyaviy bosimlarni kamaytirish borasida olib borayotgan iqtisodiy islohotlari asosida amalga oshirildi.

- Eldor oxirgi paytda samaradorligi o‘sayotganiga qaramay, “Roma”da uzoqroq qolish uchun yillik maoshining 1,3 million evrodan 1 million evroga tushirilishiga rozilik berdi, - deb yozmoqda romaforever.it sayti muxbiri Melissa Landolina.  

Italiya futboli bo‘yicha ekspertlarning tahliliga ko‘ra, “Roma” rahbariyati shu mavsumning o‘zida ikki bor o‘zbek futbolchisidan qutilishga harakat qilib ko‘rgandi. Dastlab, Shomurodovning MLSning “Atlanta Yunayted” jamoasiga transferi o‘xshamay qoldi.

Qishda rimliklar hamyurtimizni “Venetsiya”ga jo‘natmoqchi bo‘ldi. Biroq Evropa ligasida “Ayntraxt” darvozasiga kiritilgan gol Eldorni Rimda qolishiga sabab bo‘ldi. Klaudio Raneri o‘sha bahsdan keyin o‘zbek shogirdini “Roma”da qolishini tasdiqladi va transferni blokladi.

73 yoshli ko‘pni ko‘rgan murabbiy adashmagan ekan. Shomurodov murakkab vaziyatlarda zaxiradan maydonga tushib, samarali harakatlari bilan rimliklarga qimmatli ochkolarni keltirmoqda. Uning yordamida “Roma” Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabrida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov” safidan Italiyaning eng qadimiy klubi “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan edi. Debyut mavsumidan keyin “Roma” o‘zbek hujumchisini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, leginerimiz transferi poytaxtliklarga 19,6 million evroga tushgan. Eldor avvalgi mavsumlarda ijara asosida “Spetsiya” va “Kalyari” jamoalarida ham o‘ynab keldi.

Umuman olganda, Shomurodov A Seriyada hozirgacha 122 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga o‘n bir marta golli pas uzatgan.

Bundan tashqari, Shomurodov 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishga yaqin turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida hozirgacha 80 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 41 ta gol yozdirib qo‘ygan. Eldor terma jamoamiz tarixidagi eng zo‘r to‘purar va gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Shu ish amalga oshsa, Husanov Yamal bilan birga o‘ynaydi!

17 yoshli baquvvat futbolchimiz Husanov ortidan boradi!

Ana xolos: Husanovni qo‘llab kelgan Xoland tez orada “Siti”dan ketadigan bo‘lyapti

“Roma” fanatlari supergoldan keyin Shomurodov haqida nimalar deyapti?

Shomurodov “top-3”da! Eldor kerakmas o‘yinchidan qahramonga aylandi
Shomurodov “qurbonlari” qatoriga “Yuventus”ni ham qo‘shdi! Eldor qaysi jamoalarga nechta gol urgan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
10/04/2025 22:19
Eldorni omadini bersin! Oladigan puliga Alloh barakasini bersa, hamma boshqa shartnomalardan a'lo ish bo'lgan bo'ladi
&
Азизжон
10/04/2025 00:42
Шома маладец Хусанов тинчиб кетди бирор янгилик борми