
Yakkakurashchi Jasur Mashrapov chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
4 may kuni Qirg‘izistonning Batken shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqaning asosiy jangida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Jasur Mashrapov MMAdagi 3-jangini mezbon jangchi Murat Tagaevga qarshi o‘tkazadi. Bu jangchilar FFC “Falco Fighting Championship” turniri chempionlik kamari uchun kurash olib boradi. Bu sporchi MMAda 5 jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 1 durang qayd etgan.
Jasur Mashrapov kikboksing va ushu-sanda bo‘yicha sport ustasi va qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. MMAda oldingi ikkita jangini g‘alaba bilan yakunlagan.
Fikrlar
Без титула не возврашайся а то ____