
Yakkakurashchimiz Bobur Qurbonov M-1 bilan shartnoma imzolagan ilk sportchi bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonlik aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Bobur Qurbonov o‘zining navbatdagi 9 ferval kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazadi.
Uning mazkur jangdagi raqibi mezbon sportchi Pavel Gardiev bo‘ladi. SPORTS.uz internet portaliga ma’lum bo‘lishicha, tomonlar kelishuvga erishgan.
Agar sportchimiz ushbu to‘qnashuvda zafar quchadigan bo‘lsa, M-1 promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu bilan u o‘zbek sportchilari orasida ushbu tashkilot bilan kelishuvga erishgan ilk jangchi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: M-1 Global – professional sportchilar o‘rtasida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha janglar tashkil qiladigan xalqaro tashkilot. M-1 brendi 19 yildan beri faoliyat yuritib keladi. 1997 yil katta bo‘lmagan turnirlarni o‘tkazgan va M-1 Liga bugunga kelib xalqaro tashkilotga aylandi. Ko‘plab MMA yulduzlari – Fedor Emelyanenko, Jeff Monson, Pedro Xizzo, Aleksandr Emelyanenko, Xabib Nurmagomedov va boshqalar M-1 bayrog‘i ostida janglar o‘tkazgan.
Fikrlar