Yamal "Atletiko" futbolchisini haqorat qildi

  • 14.02.2026 16:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning 18 yoshli yulduz vingeri Lamin Yamal Ispaniya Kubogi yarim final dastlabki oʻyinidan keyin "Atletiko" himoyachisi Nauel Molina bilan ziddiyatga bordi. Voqea oʻyin tugagandan soʻng maydonda sodir boʻlgan.

 “Sen kimsan? Kimsan oʻzing? Ahmoq", - deya ispaniyalik futbolchining soʻzlarini keltiradi Tus Sport.

Eslatib oʻtamiz, qarama-qarshilikning dastlabki uchrashuvi Madridda boʻlib oʻtdi. Uchrashuv "Barselona"ning yirik 0:4 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi.

"Kўk-anorranglilar" va "matraschilar" oʻrtasidagi javob bahsi mart oyi boshida "Kamp Nou" stadionida boʻlib oʻtadi.

Kubokning amaldagi sohibi "Barselona" hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!