Yamal “Barsa”dan jahon darajasidagi hujumchi olishni talab qilyapti

  • 24.03.2026 06:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” klubi ichida ham jamoa hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yuqori darajali markaziy hujumchi sotib olish zarurligi tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu masalani ko‘taryotgan asosiy tashabbuskorlardan biri Lamin Yamaldir. U o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish uchun jamoaga jahon darajasidagi to‘purar kerak, deb hisoblamoqda.

Klub rahbariyatining ta'kidlashicha, barcha turnirlarda g‘alaba uchun kurashadigan jamoalarda pleymeyker va markaziy hujumchi o‘rtasidagi bog‘liqlik hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Yamal kabi vaziyat yaratishga ixtisoslashgan futbolchilar uchun ishonchli gol ura oladigan hujumchi jamoa samaradorligini keskin oshiradi. Shu sababli Yamalning so‘rovi imidj emas, balki to‘liq futboliy maqsadlar bilan bog‘liq.

Joriy mavsumda Laminning o‘zi 33 o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 14 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!