Yamal “Barselona” oʻyinchini sotishiga qarshi chiqdi!
“Barselona” yetakchilaridan 18 yoshli Lamin Yamal yosh bo‘lishiga qaramay, klubning transfer siyosatiga o‘z ta'sirini o‘tkazishga harakat qilmoqda.
El Nacional xabar berishicha, Yamal Lionel Messidan nafaqat 10-raqamni, balki klubning sport qarorlariga ta'sir qilish qobiliyatini ham meros qilib olgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Yamal sport direktori Deku va prezident Joan Laportaga himoyachi Alehandro Bal'dening ketishini istamasligini aytgan.
“Barselona” Bal'deni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, ammo Yamalning so‘zlari vaziyatga ta'sir qilishi kerak.
Qayd etilishicha, o‘z vaqtida Messi ham “Barselona”da bir nechta yaqin do‘stlarini transferdan saqlab qolgan. Yamal o‘z kumiri namunasiga ergashib, Bal'deni himoya qilayapti.
Fikrlar