Yamal bir zarba bilan rekord o‘rnatdi
“Barselona” qanot hujumchisi Lamin Yamal evrokuboklarda klub tarixidagi eng kech urilgan penalti muallifiga aylandi.
Bu haqida Opta analitik portali xabar berdi.
Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidagi birinchi uchrashuvda “Barselona” safar uchrashuvida “Nyukasl Yunayted” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bahsning 86-daqiqasida Xarvi Barns hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Lamin Yamal penaltidan hisobni tenglashtirdi.
18 yoshli ispan futbolchisi 11 metrlik nuqtadan gol urgan paytda tabloda 95:50 vaqti qayd etilgandi.
Bu “Barselona”ning Chempionlar ligasidagi butun tarixi davomida penaltidan urilgan eng kech gol hisoblanadi.
Kataloniya klubi va “Nyukasl” o‘rtasidagi javob o‘yini 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar