Yamal bosh murabbiydan bu yulduzni “Barsa” tarkibidan chiqarishni so'radi
Ispan futboli yulduziga aylanib borayotgan Lamin Yamal “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flikka jamoaviy oʻyinda Markus Reşfordning roli borasida xavotir bildirgan, deb xabar bermoqda El Nacional nashri.
“Barselona”ning yosh yetakchisi Lamin Yamal jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flikka uchrashib, angliyalik hujumchi Markus Reşfordning soʻnggi oʻyinlardagi harakatlari boʻyicha oʻz pozitsiyasini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 18 yoshli hujumkor futbolchi jamoadosh Reşfordning himoyaviy harakatlarda yetarli darajada ishtirok etmayotgani va toʻpsiz holatda passiv harakat qilayotganiga eʼtiroz bildirdi.
Yamalning fikricha, Markusning bu pozitsiyasi jamoaviy harakatlar muvozanatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu muammo, ayniqsa, taktik darajasi yuqori oʻyinlarda yaqqol koʻrinadi, oʻta muhim uchrashuvlarda intizom va butun jamoaning ish hajmi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Manba maʼlumotiga koʻra, Yamal murabbiyga toʻgʻridan-toʻgʻri Reşfordni bunday oʻyinlarda asosiy tarkib uchun eng ishonchli variant, deb hisoblamasligini aytgan. Gap faqat futbol va taktik masalalar haqida bormoqda, intizomiy choralar haqida emas.
Markus Reşford joriy mavsumda 34 ta oʻyinda ishtirok etib, 10 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar