Yamal Evropaning eng yaxshi futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

  • 01.02.2026 11:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lamin Yamal "Barselona"ning soʻnggi oʻyinlarida ajoyib formaga kirib oldi. Shanba kuni 18 yoshli vinger "Elche"ga qarshi oʻyinda (3:1) yorqin oʻyin namoyish etdi va gol urdi. Aynan "koʻk-anorranglilar"ning yosh yulduzi endi WhoScored tomonidan oʻrtacha 8,43 ball bilan Evropaning beshta yetakchi chempionatining eng yaxshi oʻyinchilari reytingida yetakchilik qilmoqda. Yamal "Bavariya" forvardi Harri Keyn (8,22) va "Real" hujumchisi Kilian Mbappeni (8,08) ortda qoldirdi.

Lamin Yamal joriy mavsum La Liganing 18 ta uchrashuvida toʻqqizta gol va sakkizta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan. Hans-Diter Flik jamoasi "Real"ni 4 ochko ortda qoldirib, musobaqa jadvalidа peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!