Yamal to‘qnashuvlarga tayyor emasligini tan oldi

  • 19.06.2026 20:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘z jismoniy holati hali to‘liq me’yorga qaytmaganini tan oldi. 18 yoshli futbolchining aytishicha, hozircha u maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emas.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining ilk uchrashuvi Kabo-Verdega qarshi o‘yinda (0:0 hisobida yakunlangan) Lamin Yamal ikkinchi bo‘lim o‘rtalaridan maydonga zahiradan tushirilgan edi. 

Bu Yamal uchun aprel oyi o‘rtalaridagi jarohatdan keyingi ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi. U o‘shanda «Barselona» tarkibida maydonga tushganida jarohat olgan edi.

Ispaniya terma jamoasi navbatdagi bahsini yakshanba, 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!