
Men uchun biror jamoa 120 million evro to‘lashini istamayman!
“Barselona”ning 17 yoshli hujumkor futbolchisi Lamin Yamal butun faoliyatini o‘zini tarbiyalagan klubda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
- Men uchun biror klub 120 million evro to‘lashini istamayman. Shunday qilinsa, men “Barselona”ni tark etishimga to‘g‘ri keladi. O‘zimga qolsa, hech qachon jamoadan ketmayman. “Barselona” afsonasiga aylanmoqchiman, - dedi Lamin Yamal
Lamin Yamal yozda Germaniyada o‘tkazilgan Evropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi chempionligiga munosib hissa qo‘shdi.
Qit’a chempionatidan keyin iste’dodli futbolchining transfer narxi 120 million evroga etdi. Laminning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar