Yamalning otasi janjaldan keyin “Real”ga murojaat qildi
Ispaniya chempionatining o‘ninchi turidan o‘rin olgan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvda madridliklar ashaddiy raqib ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.
“Santyago Bernabeu” stadioni mezbonlik qilgan bu bahs har ikki jamoa futbolchilarining o‘zaro janjali bilan yakunlandi.
Aslida o‘yin davomida mezbonlar Lamin Yamalga e’tirozlarini ochiqchasiga ko‘rsatdi. “Real” sardori Daniel Karvaxal va Vinisius Junior uchrashuv tugashi bilan raqiblar etakchisi Lamin Yamalni siquvga oldi.
Gap shundaki, o‘yin oldidan Laminning “Real” haqida aytgan gaplari madridliklarga yoqmagan edi.
Laminning otasi Amminur Nasrui yuzaga kelgan ziddiyatdan keyin o‘g‘lini himoya qilib, “Real” futbolchilariga murojaat qildi.
- Uning atigi 18 yosh ekani sizning omadingiz. Hali Barselonada ko‘rishamiz, - deb yozdi Yamalning otasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



Fikrlar