Yan Blaxovich: "Hakamlar xatosi sabab Pereyraga mag‘lub bo‘lgandim"

  • 18 oktabr, 2024, 15:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim og‘ir vazn(93 kg)da sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich (29-10-1) amaldagi chempion Aleks Pereyra(12-2)ga qarshi revansh o‘tkazishga harakat qilmoqda.

"Aleksga qarshi yana bir bor oktagonga chiqishni istayman. Chunki birinchi jangimda g‘alaba qozonganimga ishonchim komil. Ammo hakamlar xatosi sabab Pereyraga mag‘lub bo‘lgan hamon yodimda. Ammo revanshda barchasi o‘zgacha bo‘ladi. Bu safar g‘olib hakamlar qaroriga ko‘ra aniqlanmaydi. Men "Poatan" ni muddatdan avval engaman", - dedi polshalik jangchi.

Eslatib o‘tamiz, Yan Blaxovich "UFC 291" da Aleks Pereyraga ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lganidan buyon oktagonda ko‘rinish bermadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!