
Yana bir insayder tasdiqladi: Messi 2023 yil "Barselona"ga qaytadi
PSJ hujumchisi Lionel Messi kelasi yozda "Barselona"ga qaytadi, deb xabar beradi portugaliyalik jurnalist Pedro Almeyda.
Insayder xabariga ko‘ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolashga rozi, shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" ham futbolchini ortga qaytarishdan manfaatdor. PSJ futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq hujumchi parijliklar bilan tuzgan bitimi yakuniga etgan, 2023 yilning 1 iyulida "Barselona" futbolchisiga aylanish ehtimoli katta.
Messi 2021 yil iyulidan beri PSJda o‘ynamoqda. 2022/23 yilgi mavsumda hujumchi PSJ safida 13 o‘yinda 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar