Yana bir legionerimiz terma jamoa yig‘inini tark etdi. Uning o‘rniga AGMKdan futbolchi jalb etiladi.
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligida O‘zbekiston terma jamoasi poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda. O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlarni Doston Tursunov tark etgan.
"Bugungi mashg‘ulotlardan so‘ng Dostonbek Tursunov o‘zini noqulay his qilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, futbolchining eski jarohati bezovta qilganligi, shu sababli Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. Uning o‘rniga AGMK klubi futbolchisi Abbos Otaxonov terma jamoaga jalb etildi",-deyiladi tashkilot xabarida.
Eslatib o‘tamiz, "oq bo‘rilar" 15 noyabr kuni Tbilisida Gruziya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Avvalroq, tarkibda 2 ta o‘zgarish kuzatilgan edi.
Terma jamoa safida o‘zgarish! Legionerimiz o‘rniga "Paxtakor" futbolchisi tarkibga kiritildi
Fikrlar