Yana bir o‘zbekistonlik muaytaychi MMAda debyut qiladi

  • 26.07.2022 10:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘zbekistonlik muaytaychilarning yana biri MMA olamida qadam qo‘ydi. Yanada aniqroq qilib aytganda, Bobur Tagiev endi omadini ushbu yo‘nalishda sinab ko‘radi. Bunga qadar, Anvar Boynazarov, Jasur Mirzamuhammedov ning MMAdagi janglariga guvoh bo‘lgandik. 

Tagiev debyut jangini 19 avgust kuni AQShning Detroyt shahrida o‘tkazadi. Raqib ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Hamyurtimizga ilk raqib sifatida AQSh vakili Derek Reyes tanlangan. 

Albatta, ushbu jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

IMG_20220726_103536_507

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!