Yana bir professional bokschimiz dekabr oyida jang qiladi
Professional boksning engil vaznida (bantamweight) o‘z janglarini o‘tkazayotgan yana bir yurtdoshimiz Ravshanbek Shermatov dekabr oyida ringga ko‘tariladi. Jang sanasi va raqib hozircha ma’lum emas. Lekin Janubiy Koreyada tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda ushbu charmqo‘lqop ustasi aynan Janubiy Koreyaning “Socky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. U ayni vaqtda yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida Vetnamda jangga hozirlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz: Ravshanbek Shermatov profi ringda besh marotaba jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida zafar quchgan. Ularning bittasida raqibini nokautga uchrata olgan. Bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar