
Yana bir yulduzning narxi e’lon qilindi
“Aston Villa” rahbariyati grand klublar nishonida turgan Jek Grilishni sotishga rozi bo‘ldi.
Aslida villaliklar etakchi yarim himoyachi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni istayapti. Lekin 25 yoshli futbolchi ketishni xohlasa, klub mo‘maygina daromaddan voz kechmaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Aston Villa” Jek Grilishning transferini 90 million funtga baholagan. Bu pleymeykerga hammadan ham ko‘proq Xosep Gvardiola xaridor bo‘lmoqda. “Shaharliklar” ispaniyalik bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlash uchun u so‘ragan futbolchilarni transfer qiliga rozilik bergan.
Jek Grilish o‘tgan mavsumda Angliya premer-ligasida 26 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar