Yangi mavsumni ham "Yuventus"da boshlaydigan futbolchilar nomi aniq. Ronaldu ular orasida bormi?

  • 24.03.2021 00:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotilmaydigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, ushbu dahlsiz futbolchilar qatorida Krishtianu Ronalduning ismi keltirilmagan. "Keksa sinora" mavsumlar oralig‘ida Federiko Keza, Deyan Kulushevski, Matteys de Ligt, Artur va Daniloni aniq tarkibda saqlab qoladi. Qolgan futbolchilar esa yaxshiroq takliflar bo‘lsa sotib yuboriladi.

Agar Ronaldu tarkibda qolsa, u holda Paulo Dibala sotib yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!