Yangi yulduzni Yevropaning yettita grandi talashyapti

  • 04.04.2026 07:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Niderlandiya chempionatida ishtirok etayotgan “AZ Alkmaar” klubi iste'dodli yarim himoyachisi Kes Smitni jamoa safida saqlab qolishni uddalay olmasligi mumkin.

Yangi yulduzni Yevropa qit'asining eng qudratli klublari nishonga oldi. Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta'kidlashicha, Kes Smit joriy mavsumdan keyin top-ligalardan biriga ko‘chib o‘tadigan bo‘lyapti.

Ma'lumotlarga qaraganda, 20 yoshli futbolchi bir necha oydan beri Madriddagi “Real” klubi skautlari nazoratida turibdi va “Qirollik klubi”ning transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Birоқ jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, unga “Barselona”, “Bavariya”, “Chelsi”, “Nyukasl” va “Liverpul” ham jiddiy qiziqmoqda.

“AZ Alkmaar” futbolchi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Joriy mavsumda Smit 40 o‘yinda 4 ta gol va 8 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali ekspertlari uning qiymatini 22 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!