Yangi Zelandiya bosh murabbiyi Eron bilan durangdan norozi bo‘ldi

  • 16.06.2026 15:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati–2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Yangi Zelandiya terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi. Kuchli kurashlarga boy o‘yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Bellashuv davomida Darren Bazili shogirdlari ikki bor hisobda oldinga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo ustunlikni saqlab qolishmadi.

"Futbolchilarim va ularning o‘yinidan juda faxrlanaman. Jamoa to‘pni yaxshi nazorat qildi, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi. Albatta, g‘alabani qo‘lga kiritolmaganimiz bizni ranjitdi. Ikkita juda chiroyli gol urdik, shu bois natija yanada alamli tuyulmoqda, chunki tarixga kirish imkoniyati qo‘ldan chiqdi. Shunga qaramay, jamoamdan juda mamnunman", – dedi Darren Bazili uchrashuvdan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!