"Yangier" Tojikiston klubiga qarshi maydonga tushadi

  • 12.07.2022 23:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Mavsumning qolgan qismiga astoydil tayyorgarlik ko‘rayotgan “Yangier-quruvchi” jamoasi 16 iyul kuni navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Bu gal Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi Zafarobodning “Ravshan” klubiga qarshi to‘p suradi. Mazkur bellashuv Yangier shahridagi Markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq “G‘ijduvon”ga qarshi o‘ynashi ko‘zda tutilgan edi. Biroq raqib jamoaning rejalarida o‘zgarish yuzaga kelgani sababali, kelishuv bekor qilindi hamda sparring raqib sifatida “Ravshan” klubi tanlandi.

 “Yangier-quruvchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!