Yanvarda "Barselona"ning ikki futbolchisi jamoani tark etishi mumkin

  • 25.12.2019 11:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo va yarim himoyachisi Karles Alenya qishki transferlar davrida jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Alenyani “Xetafe” va “Betis” klublari ijaraga olishga tayyor. O‘z navbatida futbolchining o‘zi ham doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Todiboga esa Germaniya va Italiya klublaridan bir qancha takliflar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Alenya joriy mavsum “Barselona” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. 19 yoshli Todibo esa 3 ta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!