
Yaponiya. Musaevning jamoasi "Matsumoto"ni mag‘lub etdi
Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan "Jubilo Ivata" klubi mazkur musobaqaning 5-turida "Matsumoto Yamaga"ni qabul qildi va minimal hisobda raqibdan ustun keldi. Musaev bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi.
Shu tariqa "Jubilo Ivata" hisobidagi ochkolar soni 9 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yaponiya Liga kubogi. 5-tur
"Jubilo Ivata" - "Matsumoto Yamaga" 1:0.
Fikrlar